Sport

Kelajakda Jahon chempionatida 64 ta terma jamoa ishtirok etishi mumkin

FIFA prezidenti Janni Infantino fikriga ko‘ra, yangi format futbolni yanada ko‘proq mamlakatlarga olib kirishga xizmat qiladi.

Kelajakda Jahon chempionatida 64 ta terma jamoa ishtirok etishi mumkin

 

FIFA prezidenti Janni Infantino kelajakda Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 ta jamoagacha oshirish imkoniyati muhokama qilinayotganini ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, FIFA avvalo 2026-yilgi mundialning 48 jamoali formatdagi natijalarini tahlil qiladi. Shundan so‘ng turnirni yanada kengaytirish masalasi yuzasidan qaror qabul qilinishi mumkin.

 

Infantino Braziliyaning CazeTV kanaliga bergan intervyusida FIFA dunyo futboliga yanada ko‘proq mamlakatlarni jalb etish maqsadida turli variantlarni ko‘rib chiqayotganini ta’kidlagan.

 

FIFA rahbari suhbat davomida ketma-ket uchinchi marta Jahon chempionatiga chiqa olmagan Italiya terma jamoasi haqida ham hazilomuz fikr bildirgan. U 64 jamoali formatda italiyaliklarning mundialga yo‘llanma olish imkoniyati oshishini aytib, kinoya tariqasida turnirni hatto 208 jamoagacha kengaytirish mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

 

Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi Yevropa saralash bosqichining pley-offida mag‘lub bo‘lib, 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagan. Shu tariqa, to‘rt karra jahon chempionlari ketma-ket uchinchi mundialni o‘tkazib yubormoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkazilmoqda. Musobaqaga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilmoqda. Turnir 11-iyunda start olgan bo‘lib, 19-iyulga qadar davom etadi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.