Siyosat

O‘zbekiston TIV rahbari Misr Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston TIV rahbari Misr Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qohira shahrida Misr Arab Respublikasi Bosh vaziri Mustafo Kamol Madbuli hamda Misr Arab Respublikasi tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar vaziri Badr Abdul’ati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi nomiga yo‘llagan samimiy salomi va ezgu tilaklari yetkazildi.

 

 

Tomonlar O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

 

Shuningdek, madaniy-gumanitar, ta’lim hamda diniy-ma’rifiy sohalardagi aloqalarni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

 

Misr Arab Respublikasi tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar vaziri Badr Abdul’ati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va manfaatlar mushtarakligi asosida izchil rivojlanayotgani qayd etildi. Tomonlar oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotlarni yanada faollashtirish muhimligini ta’kidladi.

 

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish hamda qo‘shma loyihalar sonini oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

 

 

Bundan tashqari, tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi. O‘zbekiston tomoni Misrning Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mojarolarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholashini bildirdi.

 

Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar vazirligi o‘rtasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi bilan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va xorijdagi misrliklar vazirligi huzuridagi Diplomatik tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.

 

 

Ta’kidlanishicha, imzolangan hujjatlar O‘zbekiston–Misr sherikligini yangi amaliy mazmun bilan boyitish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"