O'zbekiston

O'zbekistonda kirayotgan yo'lovchi sumkasidan bo'g'ma ilon aniqlandi

“Navoiy” chegara bojxona postida yo'lbarssimon noyob ilon olib kirilishining oldi olindi.

O'zbekistonda kirayotgan yo'lovchi sumkasidan bo'g'ma ilon aniqlandi

 

Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida yo‘lbarssimon bo'g'ma ilonni O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaroga tegishli qo‘l sumkasi nazorat-rentgen uskunasi orqali tekshirilganida uning ichida tirik jonivor — ilon borligi aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan jonivor yo‘lbars pitoni (yo‘lbarssimon bo‘g‘ma ilon) bo‘lib, ushbu tur Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo hududlarida uchraydi. Mazkur ilon xalqaro muhofaza ostidagi turlar sirasiga kiradi va uni mamlakat hududiga olib kirish uchun CITES xalqaro ruxsatnomasi talab etiladi.

 

Biroq yo‘lovchi bojxona nazorati davomida ushbu jonivorni olib kirish uchun zarur bo‘lgan ruxsat etuvchi hujjatlarni taqdim eta olmagan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Aniqlangan jonivor belgilangan tartibda Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan bo‘lib, mutaxassislar uning holatini qoniqarli deb baholamoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.