O'zbekiston

Toshkentda haydovchi boshqa haydovchini tayoq bilan urmoqchi bo'ldi

Haydovchilar o‘rtasida yuz bergan mojaro bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, materiallar sudga yuborildi.

Toshkentda haydovchi boshqa haydovchini tayoq bilan urmoqchi bo'ldi

 

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ikki nafar haydovchi o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

 

Toshkent shahar IIBB ma'lum qilishicha, joriy yilning 12-iyun kuni Maxtumquli ko‘chasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi, 1992-yilda tug‘ilgan D.D. hamda Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi, 1998-yilda tug‘ilgan Sh.A. yo‘l talashish oqibatida o‘zaro tortishib qolgan.

 

Mojaro davomida haydovchilar transport vositalaridan tushib, yo‘lning qatnov qismida jamoat tartibini buzgan holda o‘zaro janjallashgan. Tarqalgan videolarda ulardan birining qo‘liga tayoq olgani ham aks etgan.

 

Holat yuzasidan Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi — “Mayda bezorilik” alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

To‘plangan materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.