O'zbekiston

Toshkentda xalqaro investitsiya forumi sabab ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Shuningdek, 16–18-iyun kunlari yuk avtomobillarining Toshkent shahriga kirishi ham vaqtincha taqiqlanadi.

Toshkentda xalqaro investitsiya forumi sabab ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

 

16-iyun kuni Toshkent shahri V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida 16–18-iyun kunlari shaharning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

 

IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, cheklovlar doirasida Islom Karimov ko‘chasining Sharof Rashidov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi qismi, shuningdek Maxtumquli, Temur Malik va Yangi O‘zbekiston ko‘chalari tutashgan ko‘prikdan Yangi O‘zbekiston hamda Istiqlol ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan hududlarda transport harakati vaqti-vaqti bilan to‘xtatiladi.

 

Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi atrofidagi ayrim yo‘llarda ham harakat cheklovlari joriy etiladi. Jumladan, Sharof Rashidov va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan boshlab Qorasaroy hamda Nurafshon ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishlarda transport vositalari harakati cheklanadi.

 

Tashkilotchilar tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilari uchun aylanma yo‘nalishlar tashkil etilishi, tezkor xizmatlar transporti esa ushbu cheklovlardan mustasno bo‘lishi qayd etildi.

 

Shuningdek, forum kunlarida yuk avtomobillarining Toshkent shahriga kirishi ham vaqtincha cheklanadi. Ular harakati Toshkent viloyati aylanma yo‘llari orqali yo‘naltiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.