Jahon

Eron AQSH bilan memorandumni Trampning tug‘ilgan kunida imzolashni rad etdi

Tehron hujjat bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini bildirib, taqdim etilgan takliflarning siyosiy, huquqiy va texnik jihatlari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Eron AQSH bilan memorandumni Trampning tug‘ilgan kunida imzolashni rad etdi

Eron AQSH bilan urushni tartibga solish jarayonini boshlashga qaratilgan memorandumni 14-iyun kuni imzolashni rad etdi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiyga tayanib, DW xabar berdi.

 

Baqoiyning aytishicha, hujjat ertasi kuni imzolanmaydi, biroq yaqin kunlarda kelishuvga erishish ehtimoli saqlanib qolmoqda. Baqoyi qarshi tomonning “beqarorligi” sabab muzokaralar jarayoniga oid bayonotlarda ehtiyotkor bo‘lish zarurligini ta’kidladi.

 

TIV vakiliga ko‘ra, memorandum harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan bo‘lib, hozircha Eronning yadroviy dasturi masalasi muzokaralar kun tartibiga kiritilmagan.

 

Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga yaqin Fars agentligining yozishicha, Tehron memorandumning Donald Tramp tug‘ilgan kuni imzolanishini AQSHning siyosiy-ramziy tashabbusi sifatida baholamoqda va bunday ssenariyni qo‘llab-quvvatlamaydi.

 

Agentlik manbasiga ko‘ra, Eron hukumati memorandumni imzolash bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan va taqdim etilgan takliflarning siyosiy, huquqiy hamda texnik jihatlarini o‘rganishda davom etmoqda.

 

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp 11-iyun kuni Eron obyektlariga rejalashtirilgan zarbalar bekor qilinganini ma’lum qilib, Tehron bilan kelishuv 13–14-iyun kunlari imzolanishi mumkinligini bildirgandi. 

 

O‘sha kuni Ismoil Baqoyi memorandumning asosiy qoidalari deyarli kelishib olinganini aytgan.

 

12-iyun kuni AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilayotgan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tinchlik bitimining yakuniy matni kelishib olinganini ma’lum qilgan, keyinroq esa yakuniy tasdiqlash yaqin 24 soat ichida amalga oshirilishi mumkinligini bildirgan edi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.