O'zbekiston

O‘zbekistonda kiberjinoyatchilar fuqarolarning 2 trln so‘mdan ortiq pulini talon-toroj qilgan — IIV

2025-yilda mamlakatda qayd etilgan barcha jinoyatlarning 49,6 foizi kiberjinoyatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekistonda kiberjinoyatchilar fuqarolarning 2 trln so‘mdan ortiq pulini talon-toroj qilgan — IIV

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarning 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘i talon-toroj qilingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash departamenti boshlig‘i Mirzoxon Zubaydullayev Senatning 13-iyun kungi yalpi majlisida ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda qayd etilgan barcha jinoyatlarning 49,6 foizi kiberjinoyatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur turdagi jinoyatlar soni 2021-yildan buyon izchil o‘sib bormoqda.

 

Ta’kidlanishicha, kiberjinoyatlarni sodir etish usullari ham murakkablashib bormoqda. So‘nggi yillarda ularning turlari 18 tadan 64 taga yetgan. Holatlarning 96 foizida elektron to‘lov tizimlari orqali kibero‘g‘irlik va kiberfiribgarlik sodir etilgan.

 

Senat majlisida Markaziy bank, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikda maxsus tizimni yo‘lga qo‘ygani ma’lum qilindi. Ushbu tizim orqali fuqarolar murojaatidan so‘ng 24 soat ichida bank kartalarini bloklash va pul mablag‘lari harakatini to‘xtatish imkoniyati yaratilgan.

 

Vazirlik vakiliga ko‘ra, so‘nggi besh oy davomida 1,7 trillion so‘m mablag‘ning noqonuniy ravishda xorijga olib chiqib ketilishining oldi olingan. Shuningdek, jinoyatlarga aloqador bo‘lgan 10 ming 250 ta bank kartasi bloklangan.

 

Mirzoxon Zubaydullayevning bildirishicha, 2026-yilda kiberjinoyatlarni fosh etish ko‘rsatkichlari 3,5 barobarga, ularni aniqlash ishlari esa 5 barobarga yaxshilangan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"