Siyosat

Albaniya prezidenti 16–17-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Tashrif dasturi doirasida Bayram Begay V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Albaniya prezidenti 16–17-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

 

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bayram Begay 16–17-iyun kunlari rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

 

Tashrif doirasida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

 

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy aloqalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energetika, turizm hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqiladi.

 

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi hamkorlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash istiqbollarini muhokama qiladilar.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Albaniya Prezidenti V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.