Jahon

AQSh va Eron harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Kelishuvni rasmiy imzolash marosimi 19-iyun kuni Jenevada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

AQSh va Eron harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

 

AQSh va Eron o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatishni nazarda tutuvchi tinchlik kelishuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ma’lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, uzoq davom etgan va intensiv muzokaralar natijasida tomonlar barcha yo‘nalishlarda, jumladan Livan hududida ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga kelishib olgan.

 

Ma’lum qilinishicha, kelishuvni rasmiy imzolash marosimi 19-iyun kuni Jeneva shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Muzokaralarda vositachi sifatida qatnashgan Pokiston AQSh va Eronga, shuningdek, jarayonda ishtirok etgan Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiyaga minnatdorlik bildirgan.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ham Eron bilan kelishuv yakunlangani haqida ma’lum qilgan. U kelishuv doirasida Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va mintaqadagi ayrim cheklovlarni bekor qilish masalalari ko‘rib chiqilganini bildirgan.

 

Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G'aribobodiy esa AQSh bilan kelishuv matni yakunlanganini tasdiqlab, hujjat Shveytsariyada imzolanishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, memorandum imzolangach, tomonlar 60 kun davomida yakuniy tinchlik shartnomasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar olib boradi. Shu davr mobaynida kelishuv bandlarining bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatiladi.

 

Shuningdek, AQSh vitse-prezidenti J. D. Vance Jenevadagi imzolash marosimida ishtirok etishi mumkinligi ma’lum qilingan. Ayrim manbalarga ko‘ra, marosimda prezident Donald Trampning ham qatnashishi ehtimoldan xoli emas.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"