O'zbekiston

Bankomatdagi nosozliklar uchun banklar jarimaga tortiladi

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi bo‘yicha eng yomon natija qayd etgan banklar ham e’lon qilib boriladi.

Bankomatdagi nosozliklar uchun banklar jarimaga tortiladi

Markaziy bank avgust oyidan boshlab bankomatlar orqali naqd pul yechib olishda yuzaga keladigan ayrim nosozliklar va mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi qoidabuzarliklar uchun banklarga moliyaviy jarimalar qo‘llashni boshlaydi. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov Senatning 13-iyun kungi yalpi majlisida ma’lum qildi.

 

Majlisda qayd etilishicha, 2025-yilda bankomatlar orqali naqd pul yechib olish bilan bog‘liq 290 mingta muammoli holat aniqlangan. Shu masala yuzasidan 3 mingdan ortiq fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

 

Timur Ishmetovning aytishicha, o‘tgan yili bankomatlar orqali 341 million operatsiya amalga oshirilgan bo‘lib, muammoli tranzaksiyalar ulushi 0,08 foizni tashkil etgan. 

 

Unga ko‘ra, bunday holatlarning aksariyati banklar faoliyati bilan bog‘liq emas. Jumladan, ayrim hollarda bankomatda kerakli nominaldagi kupyuralarning yo‘qligi, karta bloklanishi, PIN-kodning noto‘g‘ri kiritilishi, aloqa yoki elektr ta’minotidagi uzilishlar muammolarga sabab bo‘lgan.

 

Markaziy bank raisi bevosita banklar va to‘lov tizimlari operatorlari faoliyati bilan bog‘liq holatlar qariyb 46 mingta yoki jami murojaatlarning 15 foizini tashkil etishini ta’kidladi.

 

Uning ma’lum qilishicha, Markaziy bank iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va xizmat sifati uchun banklar mas’uliyatini oshirishga qaratilgan bir qator me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqqan. Ulardan birinchisi 6-avgustdan kuchga kiradi va bankomatlar bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatishdagi qoidabuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo‘llash imkonini beradi.

 

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini baholovchi maxsus indeks joriy etiladi. Uning natijalari asosida eng past ko‘rsatkich qayd etgan banklar e’lon qilib boriladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Dilnozaxon Kattaxanovani yangi lavozimi bilan tabrikladi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, zo‘ravonlikning oldini olish va og‘ir hayotiy vaziyatdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalar bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

custom img

Turizmni filmlar orqali targ‘ib qilish: “Film in Uzbekistan” platformasi yaratiladi

Endi O‘zbekistonda film suratga olgan xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning 25 foizigacha qoplab beriladi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi forumi yakunlandi: ishtirokchilar Prezidentga murojaat yo‘lladi

46 davlatdan 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashgan xalqaro forum o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

custom img

Sardor Umurzoqov yangi lavozimga tayinlandi

Prezident farmonlari bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda 3 mingga yaqin manfaatlar to‘qnashuvi holati aniqlandi

Davlat idoralarida manfaatlar to‘qnashuviga oid 831 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, yuzlab xodimlarga nisbatan tartibga solish choralari ko‘rildi.

custom img

Dilnozaxon Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelgan Zulayho Mahkamova egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

custom img

Surxondaryo va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi

Umumiy 27 nafar voyaga yetmagan bolalarga tegishli ruxsatnomalarsiz diniy ta’lim berib kelingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning uzviy va mantiqiy davomi ekani ta’kidlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bankomatdagi nosozliklar uchun banklar jarimaga tortiladi