Sport

FIFA avstraliyalik hakamni qo‘l ishorasi sabab tekshirmoqda

Uning translyatsiya vaqtida namoyish etilgan qo‘l ishorasi oq tanlilar ustunligini targ‘ib qiluvchi ramz sifatida talqin qilinmoqda.

FIFA avstraliyalik hakamni qo‘l ishorasi sabab tekshirmoqda

 

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatida ishlayotgan avstraliyalik VAR hakami Shon Evansga nisbatan tekshiruv boshladi. Bunga Germaniya va Kyurasao terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan translyatsiya vaqtida namoyish etilgan qo‘l ishorasi sabab bo‘lgan.

 

Xyustonda bo‘lib o‘tgan “E” guruhi uchrashuvi oldidan hakamlar brigadasi tomoshabinlarga tanishtirilayotgan paytda Evans o‘ng qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan ishora qilgandek ko‘ringan.

 

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ayrim foydalanuvchilar ushbu ishorani oq tanlilar ustunligini targ‘ib qiluvchi ramz sifatida talqin qilgan bo‘lsa, boshqalar Evansni himoya qilib, bu Avstraliyada mashhur bo‘lgan “Circle Game” nomli oddiy hazil ekanini bildirishgan.

 

Ishoraning asl ma’nosi aniq bo‘lmasa ham futbol muhlislari hakamni turnirdan chetlatishga chaqirgan. Hozircha FIFA tekshiruv yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot bermagan.

 

Ma’lumot uchun, Shon Evans FIFA 2026 Jahon chempionatiga jalb etilgan to‘rt nafar avstraliyalik hakamlardan biri hisoblanadi. U 2024-yilda Avstraliya Professional Futbol Hakamlari Assotsiatsiyasi tomonidan yil hakami deb topilgan. U, shuningdek, joriy mavsumda “Auckland” va “Sydney” jamoalari o‘rtasidagi A-Liga grand finalida VAR hakami sifatida faoliyat yuritgan.

 

Abdujalilov Doniyor tayyorladi

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.