Siyosat

Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Frank-Valter Shtaynmayer Osiyoga besh kunlik safari doirasida Toshkentga keladi.

Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

 

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Osiyoga besh kunlik safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniyaning DPA axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbarining safari Indoneziya, Filippin va O'zbekistonni qamrab oladi. Shtaynmayerga uning rafiqasi hamda Germaniya biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya hamrohlik qiladi.

 

Tashrif dasturining yakuniy manzili Toshkent shahri bo‘lib, Germaniya prezidenti bu yerda qator uchrashuvlar o‘tkazishi va Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi filialiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

 

Tashrif davomida malakali mehnat migratsiyasi masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganayotganlar soni Osiyodagi boshqa mamlakatlarga nisbatan yuqori hisoblanadi. 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"