O'zbekiston

Namangan shahrida renovatsiya doirasida 36 ta ko‘p qavatli uy buziladi

Dastur doirasida uylar buzilib, 92 ta yangi ko‘p qavatli uy va yuzlab xizmat ko‘rsatish obyektlari quriladi.

Namangan shahrida renovatsiya doirasida 36 ta ko‘p qavatli uy buziladi

Prezident qarori bilan 2026–2030-yillarda Namangan shahrida  renovatsiya dasturi amalga oshiriladigan hududlar tasdiqlandi.

 

Hujjatga ko‘ra, renovatsiya ishlari Navoiy, Ibrat va Uychi ko‘chalarida olib boriladi. Ushbu hududlarda 36 ta ko‘p qavatli uy, 143 ta yakka tartibdagi xonadon hamda 13 ta noturar obyekt buzilishi rejalashtirilgan.

 

Dastur doirasida jami 6 616 ta xonadonga mo‘ljallangan 92 ta ko‘p qavatli uy quriladi. 

 

Shuningdek, 375 ta xizmat ko‘rsatish obyektini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

 

Infratuzilmani yaxshilash maqsadida shaharda 2,3 kilometr asosiy yo‘l va 56 ming kvadrat metrdan ortiq ichki yo‘llar ta’mirlanadi. Bundan tashqari, 6,9 kilometr elektr tarmoqlari yangilanib, 45 ta transformator hamda 2 ta yangi qozonxona o‘rnatiladi. Suv ta’minoti tizimini yaxshilash ishlari ham amalga oshiriladi.

 

10-iyun kuni Prezident tomonidan “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun imzolangan edi. Qonunga ko‘ra, renovatsiya hududidagi turar va noturar joylarning eskirgani, yashash yoki foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgani, avariya xavfi mavjudligi hamda hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy ta’sir qiluvchi omillar renovatsiyani amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"