O'zbekiston

Namanganda 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Gumonlanuvchi moddalarni Toshkent shahridagi mijozlarga yetkazish va sotishni rejalashtirgan.

Namanganda 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

 

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Tadbir davomida “Qo‘qon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan, 1995-yilda tug‘ilgan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Voyah” rusumli avtomashina Namangan viloyati Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

 

Tekshiruv jarayonida avtomashina salonidagi o‘rindiq ostiga yashirilgan qora rangli sellofan paket ichidan sof og‘irligi 1 kilogramm 178 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi hamda 8 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi ushbu noqonuniy moddalarni Toshkent shahridagi mijozlarga yetkazish va sotishni rejalashtirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.