O'zbekiston

Namanganda maktab direktorligi uchun 10 ming dollar so‘ragan amaldor ushlandi

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha ochish uchun yordam berish evaziga pul talab qilgan MTT xodimi qo'lga olindi.

Namanganda maktab direktorligi uchun 10 ming dollar so‘ragan amaldor ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Namangan viloyati ta’lim tizimida bir qator korrupsion holatlar aniqlandi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining sho‘ba boshlig‘i To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroni Namangan shahridagi umumta’lim maktablaridan biriga direktor lavozimiga ishga joylashtirib berishni va’da qilib, buning evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

U talab qilingan mablag‘ning 8,5 ming AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Tergovga qadar tekshiruvlarda mazkur mansabdor shaxs avval ham firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi, pora olish hamda boshqa mansabdorlik jinoyatlari bo‘yicha sudlangan bo‘lishiga qaramay, noqonuniy faoliyatini davom ettirgani aniqlangan.

 

Yana bir holatda Namangan shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimi davlat-xususiy sheriklik asosida ikkita bog‘cha tashkil etishni rejalashtirgan tadbirkorga tegishli hujjatlar va shartnomalarni tasdiqlatib berishni va’da qilgan. U bu xizmat evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

 

Tezkor tadbir davomida ushbu mablag‘ni olgan Davlatobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bosh mutaxassisi ham fosh etilib, uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"