O'zbekiston

Samarqandda Damas dahshatli avariyaga uchradi

Haydovchi transport vositalarini quvib o‘tish maqsadida asfalt qoplamasi bo‘lmagan yo‘l chetidan yuqori tezlikda harakatlangan.

Samarqandda Damas dahshatli avariyaga uchradi

 

Samarqand viloyatida Damas avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchi turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 9-iyun kuni soat 18:10 atrofida Paxtachi tumanidagi “Mirza Olim” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 138-kilometrida yuz bergan.

 

Aniqlanishicha, Damas haydovchisi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositalarini quvib o‘tish maqsadida asfalt qoplamasi bo‘lmagan yo‘l chetidan yuqori tezlikda harakatlangan. Natijada u avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

 

YTH oqibatida Damas haydovchisi, 35 yoshli A. R. tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga olib borilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Surxondaryoda Damas va Nexia o‘rtasidagi poyga oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"