Siyosat

Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Bayram Begayni Toshkent aeroportida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov kutib oldi.

Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

 

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

 

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

 

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy aloqalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energetika, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, tomonlar ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham ko‘rib chiqadilar.

 

Tashrif doirasida Albaniya Prezidenti V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"