Jahon

AQSh va Eron dastlabki sulh bitimini imzoladi

Biroq tomonlar hali uzoq muddatli sulh bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishmagan.

AQSh va Eron dastlabki sulh bitimini imzoladi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasida Fors ko‘rfazi mintaqasidagi mojaroni yumshatishga qaratilgan dastlabki kelishuv imzolanganini ma’lum qildi. Biroq tomonlar uzoq muddatli sulh bo‘yicha yakuniy kelishuvga hali erishmagan.

 

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, yangi memorandum avvalroq e’lon qilingan sulh muddatini yana 60 kunga uzaytirishni nazarda tutadi. Shuningdek, hujjat Eron tomonidan cheklab qo‘yilgan Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini tiklash uchun zamin yaratishi kutilmoqda.

 

Donald Trampning ta’kidlashicha, kelishuv to‘liq imzolangan bo‘lib, uning rasmiy marosimi Jenevada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens ham ushbu tadbirda ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Shu bilan birga, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian memorandumni harbiy harakatlarni to‘xtatish yo‘lidagi muhim qadam deb baholar ekan, uzoq muddatli sulh bo‘yicha yakuniy kelishuv hali ishlab chiqilmaganini qayd etgan.

 

AQSh rasmiylari memorandumda Eronga nisbatan sanksiyalarni yumshatish, ayrim aktivlarni muzlatishdan chiqarish hamda iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashuvchi mexanizmlar nazarda tutilganini bildirgan. Buning evaziga Tehrondan yadroviy qurol dasturidan voz kechish va mintaqadagi qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish talab etilmoqda.

 

Reuters qayd etishicha, kelishuv mojaroning keskinlashuvini to‘xtatish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotgan bo‘lsa-da, uning aniq shartlari va amaliy mexanizmlari hozircha to‘liq oshkor qilinmagan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"