O'zbekiston

Jurnalistlar uyushmasi aʼzolari qayta ko‘rib chiqiladi

Bir oyda 200 dan ortiq jurnalist va media vakillari Jurnalistlar uyushmasiga a’zolik uchun hujjat topshirdi. Uyushmaga a’zolar uchun yangi imtiyozlar ko‘rib chiqilmoqda.

Jurnalistlar uyushmasi aʼzolari qayta ko‘rib chiqiladi



O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga OAV va media vakillarini aʼzolikka qabul qilish va shu davrga qadar aʼzo qilinganlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish ishlari olib borilmoqda. Shuhrat Oripov rahbar sifatida ish boshlaganidan so‘ng Uyushmaga aʼzolik masalasini tubdan qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ko‘tardi. Xususan, ayni paytga qadar 2 ming atrofidagi aʼzolarning 70 foizini 60 yoshdan oshganlarni tashkil etib, shundan bir qancha vafot etganlar ham mavjud. O‘zbek mediasida o‘z ishining ustasi bo‘lgan, professional va uzoq yillik tajribaga ega taniqli shaxslar, shuningdek, jurnalistikada faol bo‘lgan qalami o‘tkir yoshlarning Uyushmaga aʼzo qilinmagani qayd etildi. Shunga ko‘ra, Uyushmada Jurnalist va media vakillarini aʼzolikka qabul qilish bo‘yicha Komissiya ish boshladi va yangi Nizom ishlab chiqildi.



Endilikda o‘zbek jurnalistikasining taraqqiyotiga o‘z ijodiy materiallari bilan hissa qo‘shayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, 22 yoshga to‘lgan va Uyushma faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar aʼzosi bo‘lishi mumkin qilib belgilandi. Shuningdek, kamida 3 yillik mehnat staji talab etiladi. Bundan tashqari sohada 20 yildan ortiq mehnat qilgan kadrlardan hujjatlar topshirilishda tavisyanomalar so‘ralmaydi.



Ushbu Nizom asosida ish olib borayotgan Komissiya maʼlumotlariga ko‘ra, joriy bir oy ichida Respublika bo‘ylab 200 dan ortiq soha vakili Uyushmaga qabul qilish bo‘yicha hujjat topshirdi. Ishchi guruh tomonidan hujjatlar o‘rganilib, 4 nafar nomzodga rad javobi berilgan.



Qayd etilishicha, Uyushmaga aʼzolikka qabul qilinish endilikda faqat o‘zi nomi bilan qolib ketmaydi. Aʼzolarning sohadagi faoliyati, Uyushma va jamiyatdagi voqea-hodisalarga nisbatan faolligi eʼtiborga olinadi. Shunga ko‘ra, doimiy ravishda aʼzolar ro‘yxati o‘rganib boriladi, nomunosiblarni aʼzolikdan chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.



Eʼtiborli jihati shundaki, Uyushma aʼzosi bo‘lgan jurnalistika sohasi vakillari tom maʼnoda Uyushma himoyasidagi shaxslarga aylandi. Ularga yangi imtiyozlar berish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, Uyushma qoshida tashkil etilishi kutilayotgan ijtimoiy-psixologik markazdan faqatgina Uyushmaga aʼzo bo‘lganlargina foydalanadi. Ular sud bilan bog‘liq holatlarda bepul advokatlar bilan taʼminlanadi. Shuningdek, salomatliklarini tiklash uchun bir nechta sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar berish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bundan tashqari endilikda O‘zbekiston jurnalistlariga berilishi kutilayotgan har qanday moddiy yordam va imtiyozlardan foydalanishda, davlat mukofotlariga tavsiyalar berishda, xorijiy davlatlarda malaka oshirish jarayonlariga avvalo Uyushma aʼzolariga ustunlik beriladi.    

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

custom img

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

custom img

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 75 foizi davlat, Biznesni kafolatlash kompaniyasi va banklar tomonidan ta’minlanadi.

custom img

Yangi tadbirkorlarga 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi.

custom img

O‘zbekistonda 27 milliard dollarlik 105 ta yirik loyiha boshlanadi

Jizzaxdagi AES, Olmaliqdagi to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, Yangi Toshkent aeroporti va yangi avtomobil yo‘llari — mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar qatorida.

custom img

Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanmoqda — Prezident

Xorazmga qisqa davrda 4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 10 mingta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

custom img

Tadbirkorlar “biznesni boshlash”dan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tmoqda — Prezident

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"