O'zbekiston

MB O‘zbekiston MTJning JCH-2026 ga chiqishi munosabati bilan oltin va kumush tangalar chiqaradi

Tanga dizaynida 26 nafar futbolchining silueti yagona "Oq bo‘ri" obraziga uyg‘unlashtirilgan.

MB O‘zbekiston MTJning JCH-2026 ga chiqishi munosabati bilan oltin va kumush tangalar chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki milliy terma jamoaning futbol bo‘yicha jahon chempionatiga ilk bor yo‘l olgani munosabati bilan maxsus esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi.

 

Markaziy bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2026-yilgi mundial yo‘llanmasi mamlakat sporti tarixidagi eng muhim voqealardan biri sifatida baholanmoqda. Ushbu yutuqni tarixga muhrlash maqsadida 999,9 asllikdagi sof oltin va kumushdan esdalik tangalari zarb etilgan.

 

Qayd etilishicha, og‘irligi 31,1 gramm bo‘lgan 100 dona oltin va 1000 dona kumush tanga cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. Esdalik tangalari 18-iyundan boshlab respublika bo‘ylab 690 ta tijorat banki filiallarida sotuvga chiqariladi.

 

Tangalarning sotuv narxi hamda banklardagi mavjudligi to‘g‘risidagi yangilangan ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy platformalarida muntazam e’lon qilib boriladi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, tangalarning avers qismida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi logotipi, futbol to‘pi tasviri hamda “Tarixiy zafar. O‘zbekiston futboli jahon chempionatida — 2026” yozuvi aks ettirilgan. Shuningdek, unda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” yozuvi va 100 ming so‘mlik nominal qiymat ham ko‘rsatilgan.

 

Konsepsiyaga ko‘ra, ushbu elementlar milliy terma jamoaning jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma olgani va O‘zbekiston futboli tarixida yangi sahifa ochilganini ramziy ifodalaydi.

 

Tangalar dizaynida muxlislar orasida “Oq bo‘rilar” nomi bilan tanilgan milliy terma jamoa ramzi ham aks etgan. Revers qismidagi bo‘ri silueti futbolchilarning shijoati, jamoaviy ruhi va matonatini ifodalashi qayd etilgan.

 

Shuningdek, dizaynda milliy terma jamoa liboslaridagi naqshlardan foydalanilgan. Markaziy bankga ko‘ra, ushbu naqshlar tarixiy obidalar bezaklaridan ilhomlangan bo‘lib, mamlakatning boy madaniy merosi va shonli tarixini aks ettiradi.

 

 

Esdalik tangalari uchun futbol maydonini eslatuvchi maxsus quti ham ishlab chiqilgan. Qutining markaziy qismiga tanga joylashtiriladi.

 

Markaziy bank ushbu tangalar yuqori badiiy va kolleksion qiymatga ega ekanini hamda cheklangan miqdorda chiqarilganini ta’kidladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"