O'zbekiston

Muzrabot tumani hokimi fermerlarni haqorat qilgani aytilmoqda

Ushbu holat yuzasidan tegishli o‘rganish boshlandi.

Muzrabot tumani hokimi fermerlarni haqorat qilgani aytilmoqda

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, unda mansabdor shaxs g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, qisqa muddat ichida rejani bajarishni talab qilgani eshitiladi.

 

Kun.uz ma’lumotiga ko‘ra, audioyozuv 15-iyun kuni tuman hokimining xizmat xonasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yozib olingan. Yig‘ilish g‘alla yetishtirish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlar va hosil topshirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lgan.

 

Yozuvda hokim deb tanishtirilgan shaxs fermerlardan g‘alla topshirish rejasini zudlik bilan bajarishni talab qiladi. Audio davomida “Bugun yopasan”, “Bir soat muddat” kabi talablar bir necha bor takrorlangan. 

 

Shuningdek, fermerlarga nisbatan sud va prokuratura bilan bog‘liq ogohlantirishlar ham yangragani aytilmoqda.

 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari vakillari ham ishtirok etgan va hokimning fermerlarga nisbatan ishlatgan haqorat hamda tahdidlariga guvoh bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi munosabat bildirib, tegishli o‘rganish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, e’lon qilingan audioyozuv bilan bog‘liq vaziyat viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan jiddiy e’tibor talab etuvchi masala sifatida baholangan.

 

Viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, davlat organlari vakillari va fermerlar o‘rtasidagi munosabatlar qonun ustuvorligi, o‘zaro hurmat, inson qadr-qimmati hamda xizmat odobi tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilishi lozim.

 

Holatning barcha tafsilotlarini xolis va har tomonlama o‘rganish, shuningdek, unga huquqiy baho berish maqsadida vakolatli idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Mazkur masala viloyat hokimining shaxsiy nazoratiga olingani ta’kidlandi.

 

Bildirilishicha, o‘rganish yakunlari va vakolatli organlarning xulosalari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilinadi.

 

Viloyat hokimligi holat bo‘yicha yakuniy xulosa faqat tekshiruv natijalari hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida berilishini qayd etib, jamoatchilikni rasmiy o‘rganish yakunlarini kutishga va tasdiqlanmagan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarmaslikka chaqirdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.