O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Malayziya Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muloqotda islom moliyasi, hududlararo aloqalar, ziyorat turizmi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini oshirish muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vazirini alohida tashrif bilan kelishga taklif qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Malayziya Bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda to‘xtab o‘tgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, samimiy muloqotda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, ularni amaliy mazmun bilan boyitish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Oliy darajadagi o‘zaro tashriflar natijasida mamlakatlar hamkorligi mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga o‘sdi, qo‘shma korxonalar soni esa 50 taga yetdi. Turli darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda.

 

 

Davlat rahbari ayni kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokaralarning ahamiyatiga to‘xtalib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida strategik loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish zarurligini qayd etdi.

 

Jumladan, neft-kimyo, yuqori texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, farmatsevtika va boshqa ustuvor sohalardagi loyihalarni ilgari surishga e’tibor qaratildi.

 

 

Muloqot davomida islom moliyasi, hududlararo aloqalar, ziyorat turizmi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini oshirish hamda madaniyat almashinuvlari yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollariga ham to‘xtalib o‘tildi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimni O‘zbekistonga alohida tashrif bilan kelishga taklif qildi.

custom img

Kredit olishdan oldin ogohlantirish: banklar uchun yangi talablar belgilandi

Markaziy bank qarori bilan kredit reklamalari va shartnomalarida qarzdorlik xavflarini ochiq ko‘rsatish talab etiladi.

custom img

Baxtsiz hodisa va og‘ir jarohat: Rossiyadagi vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

Unga parvoz vaqtida ikki nafar o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassisi hamrohlik qilgan.

custom img

“Umra” evaziga 4800 dollar: noqonuniy xizmat ko‘rsatishga urinish fosh etildi

Ziyoratni tashkil etishga vakolati bo‘lmagan shaxs 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"