Jahon

O‘zbekiston va Qozog‘istonda migrantlarni qabul qilish markazlari bo‘yicha kelishuvlar yo‘q — YI

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda migrantlar markazlarini ochish yuzasidan hozircha hech qanday muzokaralar olib borilmaganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘istonda migrantlarni qabul qilish markazlari bo‘yicha kelishuvlar yo‘q — YI

 

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprais Qozog‘iston va O‘zbekiston hududida migrantlarni qabul qilish markazlarini tashkil etish masalasi bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmaganini ma’lum qildi deydi TASS.

 

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Ostona va Toshkent bilan Yevropa mamlakatlarida boshpana olish huquqiga ega bo‘lmagan migrantlarni joylashtirish uchun maxsus markazlar yaratish yuzasidan muzokaralar o‘tkazmagan va bunday jarayon hozirda ham mavjud emas.

 

“Bunday muzokaralar bo‘lmagan va hozir ham olib borilmayapti”, — degan Stiprais.

 

Shu bilan birga, u Yevropa Ittifoqi darajasida nazariy jihatdan shunday markazlarni tashkil etish imkonini beruvchi qonunchilik qabul qilinganini qayd etgan. Biroq hozircha bu borada aniq amaliy qarorlar yoki kelishuvlar mavjud emas.

 

Avvalroq Politico nashri diplomatik manbalarga tayanib, ayrim Yevropa davlatlari migrantlarni qaytarish va boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqish markazlarini Yevropa Ittifoqidan tashqarida tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqida xabar bergan edi. Nashrda Qozog‘iston va O‘zbekiston ehtimoliy joylashuv hududlari sifatida tilga olingan.

 

Biroq keyinchalik ham Qozog‘iston, ham O‘zbekiston rasmiylari bu masala yuzasidan Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar olib borilayotganini rad etgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"