O'zbekiston

Toshkent viloyatida qidiruvdagi shaxsning uyidan yirik miqdordagi narkotik topildi

Shuningdek, Samarqandda narkotik moddalarni 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi.

Toshkent viloyatida qidiruvdagi shaxsning uyidan yirik miqdordagi narkotik topildi

 

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona organlari, Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jinoyat kodeksining kontrabanda hamda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq moddalari bilan nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, 2025-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 1992-yilda tug‘ilgan shaxs ushlandi.

 

U tomonidan ijaraga olingan xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, oshxonadagi muzlatgich ichidan 151 gramm “opiy”, hojatxona shaxtasidan esa 4 kilogramm 971 gramm “gashish” moddasi topildi va protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu narkotik moddalar qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Samarqand viloyatining Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 2003-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro shartli xaridorga 932 gramm “gashish” va 2,5 gramm “opiy” moddasini 10 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.