O'zbekiston

Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi boshqargan BYD avtobusga urildi

U avtomobilning davlat raqamini yechgan holda harakatlangan.

Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi boshqargan BYD avtobusga urildi

Toshkent shahrida 9-sinfni bitirgan o‘smir boshqargan BYD rusumli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 15-iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan. Toshkentdagi 64-maktabning 9-sinfini bitirgan ikki nafar sinfdosh davlat raqami yechib qo‘yilgan BYD avtomobilida yo‘lga chiqqan. 

 

Haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan o‘smir transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusining orqa qismiga urilgan.

 

YHXX ma’lumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan va YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

 

O‘smirning otasi farzandi ertalab oila a’zolarining ruxsatisiz uyga tegishli avtomobilni olib chiqib ketganini bildirgan.

 

Holat yuzasidan transport vositasini hujjatsiz boshqarishga yo‘l qo‘yganligi uchun o‘smirning otasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.