O'zbekiston

Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Lacetti haydovchisi chorrahada keskin chapga burilib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobil bilan to‘qnashgan. BYD’ni voyaga yetmagan shaxs boshqargan.

Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Lacetti va BYD avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 16-iyun kuni soat 03:10 atrofida Toshkent halqa avtomobil yo‘lining Uchtepa tumanidagi chorrahasida yuz bergan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti avtomobili chorrahada keskin chapga burilgan. Shu vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan BYD avtomobili bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

 

Aniqlanishicha, BYD avtomobilini 2010-yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan shaxs boshqargan.

 

YTH oqibatida Lacetti haydovchisi hamda 1999 va 2004-yillarda tug‘ilgan ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

 

Voqea joyidan olingan tasvirlarda zarba kuchli bo‘lgani va yo‘l bo‘ylab avtomobil qismlari sochilib ketgani aks etgan. Guvohlarning aytishicha, to‘qnashuv oqibatida yo‘l chetidagi bekat konstruksiyasiga ham shikast yetgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"