Jahon

AQSh Senati Eron bilan urushni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyani yana rad etdi

47 senator rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 48 nafari unga qarshi ovoz bergan.

AQSh Senati Eron bilan urushni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyani yana rad etdi

AQSh Senati prezident ma’muriyatiga Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatishni nazarda tutuvchi rezolyutsiyani navbatdagi ovoz berishda ham rad etdi.

 

Kongress yuqori palatasida o‘tkazilgan protseduraviy ovoz berishda hujjatni 47 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 48 nafari unga qarshi ovoz bergan. Respublikachilar partiyasining to‘rt nafar vakili rezolyutsiyani yoqlab ovoz bergan, Demokratlar partiyasidan esa bir senator hujjatga qarshi chiqqan.

 

Mazkur tashabbus AQSh prezidentining Eronga qarshi harbiy kuch ishlatishini Kongress roziligisiz cheklashni nazarda tutadi. AQSh Konstitutsiyasiga ko‘ra, urush e’lon qilish vakolati Kongressga tegishli bo‘lsa-da, so‘nggi o‘n yilliklarda Amerika prezidentlari xorijdagi harbiy operatsiyalarni boshlash bo‘yicha vakolatlarini keng talqin qilib kelmoqda.

 

Shu bois Kongressning ayrim a’zolari prezident Donald Tramp ma’muriyatidan Eronga qarshi harbiy kuch ishlatish masalasida qonunchilar roziligini olishni talab qiluvchi bir qator rezolyutsiyalarni ilgari surgan. Biroq, hozirgacha bunday tashabbuslarning birortasi ham Kongressning ikkala palatasidan to‘liq o‘ta olmagan.

 

Avvalroq AQSh, Eron va vositachi davlat sifatida Pokiston vakillari Yaqin Sharqdagi mojaroni tugatishga qaratilgan kelishuvga erishilganini tasdiqlagan edi. Tomonlar o‘rtasidagi rasmiy imzolash marosimi 19-iyun kuni Jenevada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"