O'zbekiston

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB va Standard Chartered o‘rtasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Muzokaralarda O‘zbekistonga uzoq muddatli xorijiy kapitalni jalb qilish, xalqaro kredit bozorlaridagi hamkorlikni kengaytirish va strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB va Standard Chartered o‘rtasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilining 16-iyun kuni Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati hamda Standard Chartered bankining Bosh ijrochi direktori janob Sayf Malik boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Muzokaralar davomida tomonlar xalqaro moliya bozorlaridagi so‘nggi tendensiyalar, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari hamda banklararo munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Xususan, xalqaro qarz bozorlarida ishtirok etish, sinditsirlangan kredit liniyalarini jalb qilish va savdoni moliyalashtirish dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

 

 

Standard Chartered banki delegatsiyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va bank-moliya sektoridagi transformatsiya jarayonlarini yuqori baholab, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bilan uzoq muddatli va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

 

 

Mazkur uchrashuv “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, respublika iqtisodiyotiga uzoq muddatli xorijiy kapitalni jalb qilish hamda xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.