O'zbekiston

“Bu butun mintaqa uchun tarixiy voqea” — Qardosh davlatlar rahbarlari O‘zbekiston terma jamoasiga omad tiladi

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilayotgani ta’kidlandi.

“Bu butun mintaqa uchun tarixiy voqea” — Qardosh davlatlar rahbarlari O‘zbekiston terma jamoasiga omad tiladi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda hamda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga muvaffaqiyat tiladilar.

 

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlar davomida qardosh davlatlar hukumat rahbarlari O‘zbekiston terma jamoasi nafaqat mamlakat, balki butun mintaqa sharafini himoya qilayotganini ta’kidlab, jamoaga o‘z qo‘llab-quvvatlovlarini bildirdilar.

 

Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov O‘zbekistonning Jahon chempionatiga yo‘l olishini tarixiy muvaffaqiyat deb atab, Ozarbayjon xalqi terma jamoaga muxlislik qilishini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, qardosh davlatlar rahbarlari O‘zbekistonning Kolumbiyaga qarshi uchrashuvida muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirib, AQShda yashayotgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etdilar.

 

Ularning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi ishtiroki nafaqat MDH hududi, balki butun mintaqa uchun muhim va tarixiy voqea hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.