Sport

JCh-2026. Argentina, Fransiya va Norvegiya mundialdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

Ilk turda Kilian Mbappe dubl, Lionel Messi xet-trik qayd etdi. Norvegiya esa Iroq darvozasiga toʻrtta gol urdi.

JCh-2026. Argentina, Fransiya va Norvegiya mundialdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

Jahon chempionatining ilk turi futbol muxlislariga ajoyib bahslarni taqdim etmoqda. 2026-yil 17-iyun kuni tunda va tongda Fransiya va Argentina terma jamoalari musobaqadagi yurishini g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, Lionel Messi hamda Kilian Mbappe tarixiy natijalar qayd etdi.

 

Mbappe Fransiyani g‘alaba sari yetakladi

 

2022-yilgi Jahon chempionatining vitse-chempioni Fransiya terma jamoasi ham mundialni muvaffaqiyatli boshladi. Fransuzlar guruh bosqichining ilk turida Senegalni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

 

Uchrashuv Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe uchun ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. U milliy jamoa safidagi gollari sonini 58 taga yetkazib, Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

 

Shuningdek, Mbappe jahon chempionatlaridagi gollari sonini 14 taga yetkazdi.

 

Norvegiya Iroqni yirik hisobda magʻlub etdi

 

“I” guruhining yana bir uchrashuvida Norvegiya terma jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushdi. Skandinaviya vakillari bahs davomida ustunlikni qoʻldan bermay, raqibini 4:1 hisobida taslim etdi. Erling Holand ushbu bahsda oʻz hisobiga ikkita gol yozdirib qoʻydi.

 

Messi xet-trik muallifi bo‘ldi

 

Argentina terma jamoasi guruh bosqichining birinchi turida Jazoir ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi barcha gollarni jamoa sardori Lionel Messi kiritib, mundialdagi ilk xet-trigini rasmiylashtirdi.

 

Mazkur uchta gol evaziga argentinalik afsona jahon chempionatlari tarixidagi gollari sonini 16 taga yetkazdi. Natijada u mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblangan germaniyalik Miroslav Kloze natijasiga tenglashdi.

 

Bundan tashqari, Messi uchun ushbu uchrashuv alohida ahamiyat kasb etdi. U Argentina terma jamoasi safidagi 200-o‘yinini o‘tkazdi. Shuningdek, Lionel Messi milliy jamoa tarixida gol urgan eng yosh va eng yoshi katta futbolchi sifatidagi rekordini ham saqlab qoldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.