O'zbekiston

O‘zbekiston yerosti boyliklari qiymati 3 trln dollar deb baholandi

Ushbu sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

O‘zbekiston yerosti boyliklari qiymati 3 trln dollar deb baholandi

O‘zbekiston sanoatning barcha tarmoqlarida yangi texnologik bosqichga o‘tish va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan yirik dasturlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiya forumidagi nutqida ma’lum qildi.

 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston oltin, mis, uran, volfram, gaz va boshqa strategik xomashyo zaxiralariga boy bo‘lib, yer osti boyliklarining umumiy qiymati 3 trillion dollarga baholanadi.

 

Ushbu sohadagi imkoniyatlarni xorijiy investorlarga taqdim etish maqsadida ochiq raqamli geologiya ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Shuningdek, auksionga chiqariladigan konlar soni to‘rt barobarga oshiriladi.

 

Prezidentning qayd etishicha, xomashyoni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni rivojlantirish uchun Toshkent va Samarqandda tashkil etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklariga xorijiy investitsiyalar faol jalb etiladi.

 

Bundan tashqari, mashinasozlik, robototexnika, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika va farmatsevtika kabi ustuvor tarmoqlarda umumiy qiymati 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish taklif etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.