O'zbekiston

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi ikki barobarga oshiriladi

Andijon, Namangan va Samarqand milliondan ortiq aholi yashaydigan shaharlarga aylantiriladi.

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi ikki barobarga oshiriladi

Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida Shavkat Mirziyoyev hududlarni rivojlantirish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalar hamda yirik loyihalarni ma'lum qildi.

 

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, O‘zbekiston aholisi soni 40 million nafarga yaqinlashib borayotgani uy-joy qurilishi, muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish va shaharlarni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirishni talab etmoqda.

 

Shu munosabat bilan 2040-yilgacha mamlakatda quriladigan uy-joylar sonini ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan. Natijada urbanizatsiya darajasini amaldagi 51 foizdan 65 foizga yetkazish maqsad qilingan.

 

Prezident poytaxtga tutash hududda 2 million aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Yangi Toshkent” megapolisi barpo etilayotganini qayd etdi.

 

Shuningdek, Andijon, Namangan va Samarqand shaharlarini milliondan ortiq aholi yashaydigan yirik megapolislarga aylantirish bo‘yicha loyihalar boshlangan.

 

Bundan tashqari, infratuzilma obyektlarini rivojlantirish maqsadida umumiy qiymati 27 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga tayyorlik bildirilgani ta’kidlandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"