Jahon

AQSh va Eron dastlabki tinchlik shartnomasini imzoladi

Tomonlar sulh muddatini yana ikki oyga uzaytirishga kelishib oldi.

AQSh va Eron dastlabki tinchlik shartnomasini imzoladi

 

Donald Tramp hamda Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Eron o‘rtasida dastlabki tinchlik kelishuvi sifatida baholanayotgan 60 kunlik o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganini tasdiqladi. Hujjat mintaqadagi keskinlikni yumshatish, harbiy harakatlarni to‘xtatish va doimiy tinchlik bo‘yicha muzokaralar uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Donald Trampning ma’lum qilishicha, memorandum Fransiyadagi uchrashuvlar chog‘ida imzolangan. Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian ham hujjatni tasdiqlagan.

 

Tomonlar mazkur kelishuvni yakuniy tinchlik bitimi emas, balki keyingi muzokaralar uchun asos bo‘ladigan hujjat sifatida baholamoqda. AQSh prezidenti Tramp Eron o‘z majburiyatlarini bajarmasa, harbiy zarbalar qayta tiklanishi mumkinligini ham istisno etmagan.

 

Memorandumning asosiy bandlari:

Harbiy harakatlarni to‘xtatish

Tomonlar Livanni ham o‘z ichiga olgan barcha yo‘nalishlarda harbiy operatsiyalarni to‘xtatishga kelishgan.

 

60 kunlik sulhni uzaytirish

Aprel oyida e’lon qilingan vaqtinchalik sulh yana 60 kunga uzaytiriladi. Shu muddat davomida yakuniy tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borilishi ko‘zda tutilgan.

 

Hormuz bo‘g‘ozining ochilishi

Dunyo neft tashuvlarining muhim qismi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozi 60 kun davomida kemalar uchun erkin va boj olinmaydigan tartibda ishlashi kerak. Keyinchalik Eron Ummon va Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlar bilan bo‘g‘ozning uzoq muddatli maqomi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvlar ishlab chiqishi rejalashtirilgan.

 

AQShning dengiz blokadasini bekor qilishi

Memorandumga ko‘ra, AQSh Eron portlariga nisbatan qo‘llanayotgan dengiz cheklovlarini 30 kun ichida bekor qilishi lozim. Yakuniy tinchlik bitimi imzolangach esa AQSh kuchlarini Eron chegaralari yaqinidan olib chiqish masalasi ko‘rib chiqiladi.

 

Sanksiyalarni bekor qilish

Hujjatda Tehronga qarshi joriy etilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish nazarda tutilgan. Ularning aniq jadvali keyingi muzokaralarda ishlab chiqiladi.

 

300 milliard dollarlik tiklanish dasturi

AQSh va uning mintaqadagi hamkorlari Eron iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirishga qaratilgan kamida 300 milliard dollarlik dastur ishlab chiqish ustida ishlashi rejalashtirilgan. Biroq Vashington ushbu mablag‘ni bevosita ajratish majburiyatini olmaganini ta’kidlagan.

 

Yadro qurolidan voz kechish

AQSh va Eron Tehron yadroviy qurol yaratmasligi yoki qo‘lga kiritmasligi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shuningdek, boyitilgan uran zaxiralari masalasida ham hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

 

Donald Tramp memorandumning barcha bandlari Eronning o‘z majburiyatlariga qanday amal qilishiga bog‘liq ekanini ta’kidlab, ikki oy ichida yakuniy kelishuvga erishilmasa, AQSh yana harbiy operatsiyalarga qaytishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.