Jahon

BAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

15–16 yoshdagi o‘smirlar uchun ham maxsus cheklovlar joriy qilinadi.

BAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

 

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bolalarning raqamli makondagi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi qoidalarni tasdiqladi. Unga ko‘ra, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoq platformalarida akkaunt ochish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

 

WAM xabariga ko‘ra, yangi tartib ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning minimal yoshini 15 yosh etib belgilaydi. Mazkur yoshga yetmagan foydalanuvchilarga shaxsiy akkaunt yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda post joylashtirish, izoh qoldirish, ma’lumot almashish hamda ochiq guruh va kanallarga qo‘shilish taqiqlanadi.

 

15–16 yoshdagi o‘smirlarga esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi, biroq ularning akkauntlari qator cheklovlar asosida ishlaydi. Jumladan, platformalar ushbu yosh toifasi uchun kontentni filtrlashi, foydalanish vaqtini cheklashi va notanish foydalanuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyatini cheklashi lozim bo‘ladi.

 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlaridan tijorat maqsadlarida foydalanish hamda ularga maqsadli reklama namoyish etish taqiqlanadi. Hukumat ota-onalarning roziligi ham ushbu cheklovlarni bekor qilish uchun asos bo‘la olmasligini ta’kidladi.

 

Yangi qoidalarga muvofiq, platformalar raqamli identifikatsiya yoki biometrik ma’lumotlar asosida foydalanuvchilarning yoshini aniqlash mexanizmlarini joriy etishi kerak bo‘ladi. Buning uchun ularga 12 oylik moslashuv davri berilgan.

 

Qoidalar buzilgan taqdirda, BAA rasmiylari ijtimoiy tarmoq platformalariga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llashi yoki ularning faoliyatini qisman yoki to‘liq cheklashi mumkin.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Finlyandiya prezidenti AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokidagi uchrashuv bir-ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

Mmalakatdagi maktablarga bomba qo‘yilgani haqida anonim xatlar yuborildi.

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

U uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlanmoqda.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida boshqa qurbonlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.