O'zbekiston

Namanganda qariyb 4 kilogramm gashish moddasi musodara qilindi

Narkotik qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan.

Namanganda qariyb 4 kilogramm gashish moddasi musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, “Toshkent – Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomobil Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv jarayonida transport vositasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Namangan shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan fuqaroga tegishli sumkadan 3 kilogramm 956 gramm “gashish” moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu shaxs mazkur giyohvandlik vositasini o‘zining 1989-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan hamshahari bilan oldindan til biriktirgan holda qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirgani aniqlangan. Ikkinchi gumonlanuvchi ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"