O'zbekiston

Toshkent viloyatida 9 nafar ekologiya mas’uli lavozimidan olindi

Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazish va muhofaza hududlariga chiqindi tashlash holatlariga qarshi nazorat sustligi tanqid qilindi.

Toshkent viloyatida 9 nafar ekologiya mas’uli lavozimidan olindi

Toshkent viloyatida ekologik nazorat sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilinib, qator mas’ullarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, Ekopolitsiya boshlig‘i Aziz Abduhakimov raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda viloyatda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik nazoratni tashkil etishdagi kamchiliklar muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda ekologik nazoratning sust olib borilgani, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan yetarli nazorat o‘rnatilmagani, ekologik ekspertiza xulosasisiz hamda daryo muhofaza zonalarida ruxsatsiz faoliyat yuritayotgan obyektlarga nisbatan choralar ko‘rilmagani qayd etildi. 

 

Shuningdek, Chirchiq daryosi o‘zanida noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi va muhofaza hududlariga chiqindilar joylashtirilishi holatlari yuzasidan nazorat yetarli darajada ta’minlanmagani ta’kidlandi.

 

Muhokamalar yakunida Toshkent viloyati Ekopolitsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda sakkizta tuman va shahar bo‘limlari boshliqlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

 

Shu bilan birga, Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya boshqarmalariga ham o‘z faoliyatini qayta tahlil qilish, nazorat samaradorligini oshirish va ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan vazifalar yuklatildi.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ekologik nazorat respublikaning boshqa hududlarida ham kuchaytirilgan bo‘lib, mas’uliyatsizlik holatlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.