O'zbekiston

Toshkent–Moskva yo‘nalishidagi samolyot ortga qaytdi

Domodedovo aeroportidagi cheklovlar va texnik sabablar reys jadvaliga ta’sir ko‘rsatdi.

Toshkent–Moskva yo‘nalishidagi samolyot ortga qaytdi

 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent–Moskva (Domodedovo) yo‘nalishi bo‘yicha HY603 reysini amalga oshirayotgan Boeing 767-3CB(ER) jo‘nash aeroportiga qaytarildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Moskvaning Domodedovo xalqaro aeroportida joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar hamda texnik omillar sabab 18-iyun kungi HY603 reysi Toshkentga qaytarilgan.

 

Shuningdek, qaytishga UK67007 bort raqamiga ega havo kemasi parvozi davomida aniqlangan texnik holat ham sabab bo‘lgan.

 

Shu munosabat bilan, 2026-yil 18-iyunga mo‘ljallangan HY603/604 reyslari o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiriladi. Parvozlarning yangi vaqti haqida yo‘lovchilarga qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishi bildirildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.