O'zbekiston

Andijonda bolasini urgani uchun erkak qo‘shnisining farzandini ayovsiz kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan IIV holatga izoh berdi.

Andijonda bolasini urgani uchun erkak qo‘shnisining farzandini ayovsiz kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani aks etgan videolar tarqalishi ortidan Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, joriy yil 18-iyun kuni soat 15:05 da Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi 46 yoshli fuqaro T.I. “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, 9 yoshli o‘g‘liga tan jarohati yetkazilganini ma’lum qilgan. Murojaat ortidan ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga yetib borib, holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan bola o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, ular o‘zaro mushtlashib ketgan. Shundan so‘ng bolalardan birining otasi — 1988-yilda tug‘ilgan M.B. mojaroga aralashib, janjalni bartaraf etish o‘rniga qo‘shnisining farzandiga bir necha bor qo‘l ko‘targan.

 

Oqibatda 9 yoshli bola tan jarohati olgan.

 

Hozirda Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqeaning barcha tafsilotlari atroflicha o‘rganilib, yakuniy xulosalar asosida ishtirokchilarning xatti-harakatlariga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho berilishi ma’lum qilindi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakunlari bo‘yicha e’lon qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.