Jahon

Nyu-Yorkdagi Times maydonida otishma sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida kamida bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Nyu-Yorkdagi Times maydonida otishma sodir bo‘ldi

 

AQShning Nyu-York shahridagi eng gavjum maskanlardan biri bo‘lgan Times maydonida qurolli hujum yuz berdi. Bu haqda Fox 5 NY telekanali shahar politsiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Associated Press agentligining huquq-tartibot organlari va o‘t o‘chirish xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, hodisa oqibatida kamida bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, otishmada gumon qilinayotgan shaxs tezkor ravishda qo‘lga olingan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda qora kiyimdagi kamida ikki kishi gavjum hududda o‘q uzgani, o‘q ovozlaridan so‘ng esa atrofdagi odamlar vahima ichida turli tomonga qochib, boshpana izlay boshlagani aks etgan. Ayrim kadrlarda otishma politsiya avtomashinasidan bir necha metr narida sodir bo‘lgani ko‘rinadi.

 

Hodisa “Nyu-York Niks” basketbol jamoasining 53 yil ichida ilk bor NBA chempionligini qo‘lga kiritishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali parad yakunlanganidan bir necha soat o‘tib yuz bergan.

 

Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda. Jarohatlanganlarning aniq soni va hodisaning sabablari yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, 15-aprel kuni Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatidagi maktabda yuz bergan otishmada to'qqiz kishi halok bo'lgan va 21 kishi jarohatlangan edi. 14-aprel kuni Shanliurfa viloyatidagi maktabda o'n to'qqiz kishi jarohat olgani xabar qilingan edi.

custom img

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

custom img

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"