O'zbekiston

“O‘zbekgidroenergo” AJ V Toshkent xalqaro investitsiya forumida yirik xalqaro hamkorlik kelishuvlariga erishdi

“O‘zbekgidroenergo” AJ forum doirasida AQSH, Xitoy, Hindiston va Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirdi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ V Toshkent xalqaro investitsiya forumida yirik xalqaro hamkorlik kelishuvlariga erishdi

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan AQSHning “77 Construction USA Corp.”, Xitoyning “China Huaneng Group”, Hindistonning “Adani Group”, Yaponiyaning “MUFG Bank”, Germaniyaning “AKA Bank”, Xorvatiyaning “Koncar” va “In Foro Viridi”, Jahon banki guruhi hamda Afg‘oniston Tashqi savdo vazirligi vakillari bilan qator muhim ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

 

Forum davomida gidroenergetika sohasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini kengaytirish, xalqaro moliyalashtirishni jalb etish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Uchrashuvlar natijasida:

 

— “77 Construction USA Corp.” bilan EPC+F va DXSh formatlarida hamkorlikni ko‘rib chiqish, Pskom GES loyihasida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi;

 

— Jahon banki guruhi bilan Xojikent GАES loyihasi, MIGA kafolatlari va grant dasturlari bo‘yicha hamkorlik kengaytirildi;

 

— “China Huaneng Group” bilan DXSh tamoyili asosida yirik istiqbolli investitsiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi;

 

— “Adani Group” bilan qo‘shma ishchi guruh tashkil etish va investitsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi;

 

— MUFG Bank va AKA Bank bilan yirik loyihalarni uzoq muddatli moliyalashtirish mexanizmlari muhokama qilindi;

 

— “Koncar” va “In Foro Viridi” bilan kichik va o‘rta GES loyihalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi;

 

— Afg‘oniston tomoni bilan gidroenergetika uskunalarini yetkazib berish va loyihalash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari kelishib olindi.

 

 

Mazkur forum “O‘zbekgidroenergo” AJ uchun xalqaro hamkorlik geografiyasini sezilarli darajada kengaytirib, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq amaliy natijalarni ta’minladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.