Jahon

Eron sulh buzilgani sababli Hormuz bo‘g‘ozini yopdi

IIQK Hormuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qilib, kemalarni hududga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirdi.

Eron sulh buzilgani sababli Hormuz bo‘g‘ozini yopdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Hormuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi va kemalarni ushbu strategik suv yo‘liga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

IIQKga ko‘ra, bo‘g‘ozning yopilishiga Isroilning Livandagi harbiy amaliyotlari hamda AQSHning sulh bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani sabab bo‘lgan. Korpus bo‘g‘ozga kirishga uringan kemalar xavf ostida qolishi mumkinligini ma’lum qildi.

 

Reutersga ko‘ra, Eronning yuqori darajadagi delegatsiyasi AQSH bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Shveysariyaga jo‘nab ketdi. Delegatsiyaga parlament raisi va bosh muzokarachi Muhammad Bag‘ir G‘olibof rahbarlik qilmoqda. Uning tarkibiga tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, shuningdek, xavfsizlik, neft va moliya sohalari bo‘yicha yuqori martabali amaldorlar kiritilgan.

 

Shu bilan birga, AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati davom etayotganini ma’lum qildi. Qo‘mondonlikning bildirishicha, shanba kuni 55 ta savdo kemasi bo‘g‘ozdan o‘tgan va ular orqali 17 million barreldan ortiq neft jahon bozorlariga yetkazilgan. AQSH harbiylari xalqaro dengiz yo‘llarida navigatsiya xavfsizligini ta’minlashda davom etishini ta’kidladi.

 

Eron oliy rahbari Oyatulloh Mujtabo Xomanaiyning maslahatchisi Muhammad Moxber esa AQSHni Tehron va Vashington o‘rtasida tuzilgan 14 bandli muvaqqat kelishuvning birinchi shartini bajarmayotganlikda aybladi. Mazkur band barcha frontlarda, jumladan Livanda ham o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutadi.

 

Shveysariyada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muzokaralar fonida Livandagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Isroil armiyasi va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” harakati o‘rtasida hujumlar davom etmoqda. Livan fuqaro mudofaasi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, sulh kuchga kirganidan keyingi dastlabki soatlarda Isroil zarbalari oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan.

 

AQSH vitse-prezidenti JD Vens yaqin kunlarda Shveysariyaga yo‘l olishini ma’lum qilib, Vashington va Tehron o‘rtasidagi sulh saqlanib qolishiga umid bildirdi. U, shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozi amalda yopilgani haqida tasdiqlangan ma’lumotlarga ega emasligini aytdi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron sulh buzilgani sababli Hormuz bo‘g‘ozini yopdi | Zamon.uz