O'zbekiston

Namanganda qalbaki 100 ming dollarni 40 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

Qalbaki valyutalar xorijda tayyorlanib, aylanma yo‘llar orqali mamlakat hududiga olib kirilgan.

Namanganda qalbaki 100 ming dollarni 40 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

 

Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga ma'lum qildi.

 

Xususan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1992 va 1995-yillarda tug‘ilgan fuqarolar hamda To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 1980-yilda tug‘ilgan shaxs xorijda tayyorlangan qalbaki 100 AQSH dollarlik kupyuralardan iborat jami 100 ming AQSH dollarini haqiqiy 40 ming AQSH dollariga sotishni rejalashtirgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxslar qalbaki 80 ming AQSH dollarini haqiqiy 40 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida ushbu qalbaki valyutalar xorijda tayyorlanib, aylanma yo‘llar orqali mamlakat hududiga olib kirilgani aniqlandgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.