Sport

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha Kilian Mbappeni ortda qoldirdi

FIFA e’lon qilgan eng tezkor futbolchilar reytingida  Abduqodir Husanov kuchli uchlikdan joy oldi.

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha Kilian Mbappeni ortda qoldirdi

FIFA Jahon chempionati guruh bosqichining 1-tur yakunlariga ko‘ra, maydonda eng yuqori tezlik qayd etgan futbolchilar reytingini e’lon qildi. Undan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi.

 

BBC keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Husanov guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda soatiga 36,5 kilometr tezlikka erishgan. Bu natija unga eng tezkor futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni bo‘lishish imkonini berdi.

 

Reytingda birinchi o‘rinni Avstraliya terma jamoasi futbolchisi Jordan Bos egallagan bo‘lib, u 36,7 km/soat tezlik qayd etgan. Husanov esa Norvegiya hujumchisi Erling Holand bilan bir xil natija ko‘rsatgan.

 

Shuningdek, o‘zbekistonlik himoyachi Janubiy Koreya terma jamoasi sardori Son Hyon Min hamda Fransiya yulduzi Kilian Mbappedan yuqori natija qayd etdi. Ularning tezligi mos ravishda 35,2 va 35,1 km/soatni tashkil qilgan.

 

JCH—2026: 1-turdan keyingi eng tezkor futbolchilar ro‘yxati:

 

  • Jordan Bos (Avstraliya) — 36.7 km/soat
  • Erling Holand (Norvegiya) — 36.5 km/soat
  • Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) — 36.5 km/soat
  • Muhammad Ture (Avstraliya) — 35.8 km/soat
  • Rayan Gravenberx (Niderlandiya) — 35.6 km/soat
  • Alan Minda (Ekvador) — 35.5 km/soat
  • Son Hyon Min (Janubiy Koreya) — 35.2 km/soat
  • Hed Spens (Angliya) — 35.2 km/soat
  • Kilian Mbappe (Fransiya) — 35.1 km/soat
  • Pedru Netu (Portugaliya) — 34.8 km/soat

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ Jahon chempionatining ilk turida Kolumbiyaga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Fabio Kannavaro shogirdlari navbatdagi o‘yinini Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. 

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.