O'zbekiston

Bloger Gonzo festivaldagi janjal sabab 5 sutkaga qamaldi va jarimaga tortildi

Bloger K-Vibe festivali qatnashchilarini ularning e’tirozlariga qaramay videoga olgan va tasvirlarni internetda tarqatgan.

Bloger Gonzo festivaldagi janjal sabab 5 sutkaga qamaldi va jarimaga tortildi

Poytaxtda mashhur bloger, Gonzo taxallusi bilan tanilgan Geydar Aliyevga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 13-iyun kuni Toshkent shahridagi Taras Shevchenko ko‘chasida Koreya madaniyatiga bag‘ishlangan K-Vibe festivali bo‘lib o‘tgan. Bloger tadbir davomida kimono kiygan holda jonli efir olib borgan va festival mehmonlari bilan suhbatlashgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, mojaro ayrim festival qatnashchilarining blogerdan ularni videoga olmaslikni so‘raganidan keyin boshlangan. E’tirozlarga qaramay, bloger tasvirga olishni davom ettirgan. Shundan so‘ng u bilan fuqarolar o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan.

 

Vaziyatga ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya xodimlari aralashgan. Dastlab blogerga tuman ichki ishlar bo‘limiga borish taklif qilingan, biroq suhbat davomida tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan. Shundan so‘ng Geydar Aliyev Milliy gvardiya xodimi hamrohligida qo‘yib yuborilgan va festival hududini tark etgan.

 

Biroq oradan bir necha kun o‘tib, unga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar blogerning harakatlarida bezorilik hamda ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik alomatlarini aniqlagan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Geydar Aliyev 5 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olindi. Shuningdek, unga 5 baravar bazaviy hisoblash miqdori, ya’ni 2 million so‘m miqdorida jarima tayinlandi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.