Sport

JCH-2026: Yaponiya va Germaniyada g‘alaba, Kyurasao esa tarixiy ochkoni qo‘lga kiritdi

Yaponlarga mag‘lub bo‘lgan Tunis guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.

JCH-2026: Yaponiya va Germaniyada g‘alaba, Kyurasao esa tarixiy ochkoni qo‘lga kiritdi

2026 yilgi Jahon chempionatining navbatdagi uchrashuvlari muxlislarga qiziqarli natijalarni taqdim etdi. Kunning eng yirik g‘alabalaridan biri Yaponiya hisobiga yozildi. 

 

“F” guruhida Tunisga qarshi maydonga tushgan yaponlar raqibini 4:0 hisobida taslim etdi. Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Daichi Kamada hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim o‘rtalarida Ayase Ueda ustunlikni mustahkamladi. Ikkinchi bo‘limda Junya Ito va yana bir bor Ueda gol urib, Osiyo vakillarining ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Tunis terma jamoasi guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. 

 

“E” guruhida esa musobaqa debyutanti Kyurasao tarixiy natijaga erishdi. Ekvadorga qarshi kechgan bahsda hisob ochilmadi va tomonlar 0:0 hisobidagi durangga rozi bo‘lishdi. Natijada Dik Advokat shogirdlari Jahon chempionatlari tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. 

 

Guruhning yana bir uchrashuvida Germaniya Kot-d’Ivuar ustidan qiyin g‘alabani tantana qildi. Afrikaliklar Frank Kessiening goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Deniz Undav avval muvozanatni tikladi, so‘ngra qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alaba golini urib, nemislarga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Yakuniy hisob — 2:1.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"