Jahon

Kanadalik 93 yoshli milliarder jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha aybdor deb topildi

Magna International asoschisi Frenk Stronaxga nisbatan yakuniy hukm 17-sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kanadalik 93 yoshli milliarder jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha aybdor deb topildi

Kanada sudi 93 yoshli milliarder, Magna International kompaniyasi asoschisi Frenk Stronaxni ikki nafar ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va shilqimlik qilishda aybdor deb topdi. Bu haqda CBC News xabar berdi.

 

Jinoiy ish Toronto shahridagi Ontario oliy sudida ko‘rib chiqildi. Sud Frenk Stronaxni yuqoridagi ikki epizod bo‘yicha aybdor deb topdi, biroq unga qo‘yilgan yana uchta jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bo‘yicha oqladi. Tadbirkorning o‘zi esa ayblovlarni rad etmoqda.

 

Sud materiallariga ko‘ra, jabrlanuvchilardan biri 1977-yilda Stronax uning yubkasini ko‘tarib, zo‘rlashga uringanini ma’lum qilgan. Sudya ayolning ko‘rsatmalarini asosan ishonchli deb topgan, biroq ayrim tafsilotlar to‘liq tasdiqlanmagani sababli holatni odobsiz xatti-harakat sifatida baholagan.

 

Yana bir ayolning bildirishicha, 1980-yillarda Stronax unga nisbatan shilqimlik qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, kechki ovqatdan so‘ng biznesmen uni bir necha bor ushlab qolishga uringan.

 

Uchinchi da’vogar esa Stronaxni zo‘rlashda ayblagan, biroq sud ushbu epizod bo‘yicha dalillarni yetarli deb topmadi. Sudya voqealardan 40 yildan ortiq vaqt o‘tgani ko‘rsatmalar ishonchliligini baholashni murakkablashtirganini qayd etdi.

 

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Frenk Stronaxning boyligi 2018-yilda 1,5 milliard dollarga baholangan. Unga nisbatan yakuniy hukm 17-sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

 

Kanadada milliarder 2024-yil iyun oyida jinsiy jinoyatlar bo‘yicha ayblovlar ortidan hibsga olingan, keyinchalik esa ma’lum shartlar asosida ozod etilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.