Jahon

Qrimda aholi uchun yonilg‘i savdosi to‘xtatildi

Yonilg‘i endilikda faqat yarim orolning faoliyati va xavfsizligini ta’minlaydigan davlat idoralariga sotiladi.

Qrimda aholi uchun yonilg‘i savdosi to‘xtatildi

Qrimda aholi va xususiy korxonalar uchun yoqilg‘i savdosi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda yarimorol rahbari Sergey Aksyonovga tayanib, BBC xabar berdi.

 

Aksyonovning so‘zlariga ko‘ra, yonilg‘i endilikda faqat Qrimning faoliyati va xavfsizligini ta’minlaydigan davlat idoralariga sotiladi. Mazkur qaror Ukraina tomonidan Rossiya nazoratidagi hududlardagi logistika va neft infratuzilmasiga uyushtirilayotgan hujumlar fonida qabul qilingan.

 

Aksyonovning bildirishicha, Kerch shahridagi neft bazasiga dronlar bilan uyushtirilgan hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 28 kishi jarohat olgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa mazkur hujumni Rossiyaning harbiy harakatlariga javob sifatida baholagan.

 

Zelenskiy Ukraina kuchlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi neft tashish logistika obyektlariga, shuningdek harbiy logistika va radar tizimlariga ham zarbalar berganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa bir kechada 239 ta Ukraina droni urib tushirilganini bildirgan.

 

Qrimda yuzaga kelgan yonilg‘i taqchilligi yarimorolning logistika tizimiga bosim kuchayganini ko‘rsatmoqda. Mahalliy hokimiyat yonilg‘i bozoridagi vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha qarorlar keyinroq e’lon qilinishini ma’lum qilgan.

 

So‘nggi oylarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hujumlar keskinlashib, tomonlar bir-birining harbiy va energetika infratuzilmasini nishonga olishni davom ettirmoqda.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"