O'zbekiston

Tomskdagi koloniyada saqlanayotgan o‘zbekistonliklar holidan xabar olindi

Mazkur muassasada 70 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi jazo muddatini o‘tamoqda.

Tomskdagi koloniyada saqlanayotgan o‘zbekistonliklar holidan xabar olindi

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Tomsk viloyatida joylashgan 3-sonli axloq tuzatish koloniyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur muassasada Rossiya Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan hukm qilingan 70 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi jazo muddatini o‘tamoqda.

 

Tashrif davomida vatandoshlarning murojaatlari, taklif va iltimoslari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. 

 

Shuningdek, xorijiy davlatlar hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida jinoiy javobgarlik belgilanganligi eslatildi.

 

Diplomatlar tomonidan bir qator amaliy masalalar ham joyida hal etildi. Xususan, astma kasalligidan aziyat chekayotgan fuqaroning zarur tibbiy yordam olishi ta’minlandi, ikki nafar o‘zbekistonlikdan yangi pasport rasmiylashtirish bo‘yicha arizalar qabul qilindi.

 

Bundan tashqari, joriy yil may oyida koloniyadan ozodlikka chiqqanidan so‘ng yaqinlari bilan aloqasi uzilgan o‘zbekistonlik fuqaroning manzili aniqlanib, bu haqda uning oila a’zolariga ma’lumot berildi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Sibir federal okrugidagi yurtdoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"