Jahon

AQSh va Eron muzokaralarini kuzatish uchun maxsus qo‘mita tuziladi

Delegatsiyalar rahbarlari unga muntazam ravishda hisobot berishlari rejalashtirilgan.

AQSh va Eron muzokaralarini kuzatish uchun maxsus qo‘mita tuziladi

 

Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida o‘tkazilgan AQSh va Eron o‘rtasidagi to‘rt tomonlama maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra, muzokaralar jarayonini kuzatib borish uchun maxsus yuqori darajadagi qo‘mita tuzishga kelishib olindi.

 

Qatar va Pokiston tomonidan tarqatilgan qo‘shma bayonotga ko‘ra, ushbu qo‘mita muzokaralar ustidan siyosiy nazoratni ta’minlash va kelishuvlarning samarali amalga oshirilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.

 

Qayd etilishicha, muzokara guruhlari rahbarlari qo‘mitaga muntazam ravishda hisobot taqdim etib boradi. Shuningdek, yadroviy masalalar, sanksiyalar hamda nizolarni hal etish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Yangi mexanizm muzokaralar jarayonining uzluksizligi va kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"