Sport

JCH-2026: tomoshabinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

36 o‘yinda 2,3 milliondan ortiq muxlis stadionlarga tashrif buyurdi.

JCH-2026: tomoshabinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Sky News xabariga ko‘ra, 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati tomoshabinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi va tarixdagi eng ko‘p tashrif buyurilgan turnirga aylandi.

 

Manbada qayd etilishicha, 104 ta o‘yindan 36 tasi o‘tkazilgach, stadionlarga tashrif buyurgan umumiy muxlislar soni 2 307 947 nafarga yetgan. Har bir uchrashuvga o‘rtacha 64 110 tomoshabin tashrif buyurmoqda, stadionlarning bandlik darajasi esa 99,54 foizni tashkil etmoqda.

 

Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 48 ta terma jamoa ishtirok etayotgan ilk turnir sifatida tarixga kirdi.

 

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. U 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan finalda Fransiyani mag‘lub etgan edi.

 

Shuningdek, turnir davomida ayrim siyosiy va tashkiliy masalalar yuzasidan turli muhokamalar ham bo‘lib o‘tgan. Xususan, Eron terma jamoasining o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha FIFA bilan muzokaralar olib borilgani, biroq yakuniy kelishuvga erishilmagani ma’lum qilinadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.